taxta
bilan ulashing
1. Xodadan uzunasiga tilib olingan yassi yogʻoch boʻlagi.
-
Qaragʻay taxta. Taxtani randalamoq.
-
Birinchi xonaga kiraverishda uzun enli taxta qoʻyilibdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Gʻulomjon daladagi terakzorlaridan toʻrtta baqaterakni kestirib, taxta tildirdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. Boʻr bilan xat yozish uchun maxsus yasalgan maktab-oʻquv quroli.
-
Xonada oʻntacha eski, chang bosgan parta, kiraverishdagi devorga kattakon qora taxta qoqilgan edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Bolalarda daftar-u qalam, sinfda taxta-yu boʻr boʻlsa ham, oʻqish kitoblarining yoʻqligi Gʻulomjonni yomon dilxun qilar edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. tarixiy Abjad yozilgan dastali taxtacha (eski maktabda oʻquv quroli sifatida ishlatilgan).
-
Ikki hafta harflar yozilgan taxta oʻqiganimdan keyin domla: — Shanba kuni haftiyakka tushasan — dedi. A. Qahhor, Oʻtmishdan ertaklar
4. Turli maqsadda foydalanish uchun taxta, faner va shu kabilardan ishlangan narsa.
-
Shaxmat taxtasi. Eʼlonlar taxtasi. Yodgorlik taxtasi. Osh taxta,
-
Men uni tennis taxtasiga boshlab, oʻzimcha oʻyin qoidasini tushuntirgan boʻldim. H. Nazir, Yonar daryo
-
Turli voqelik va yangiliklarni yoyishda shior va plakatlar, tematik stend va koʻrsatkich taxtalari alohida oʻrin tutadi. Gazetadan
5. Turli oʻlchamdagi toʻrt burchak yaxlit qogʻoz, varaq.
-
Qoching! Oʻzim yozaman, dedim. Oʻtirib, yetti taxta qogʻozni toʻldirdim, eshitganlarimning hammasini yozdim. Oydin, Sadagʻang boʻlay, komandir
-
Anavi qutida yaxshi, koʻk chiziqli taxta qogʻoz bor, oʻshandan ikki varagʻini olib, mana bu yerga oʻtir, qizim [dedi Onaxon]. A. Muxtor, Opa-singillar
6. Shu taxlitdagi, oʻlchamdagi oyna, tosh, metall va shu kabilar; plita.
-
Marmar taxta. Bir taxta tunuka. Bir taxta oyna. Taxta choy.
-
Maydonning bir chekkasidagi keksa majnuntol ostida bir-biriga suyab qoʻyilgan ikkita qora tosh taxta sagʻana shaklini olib turar edi. A. Qahhor, Xotinlar
-
Chetroqqa chiqib, beton taxtaga oʻtirdim. S. Siyoyev, Yorugʻlik
7. q. x. Marza bilan ajratilgan yer boʻlagi; karta.
-
Ikki taxta poliz. Tuyaning hazili bir taxta gʻoʻzani yeydi. Maqol
-
Soyga tushguncha koʻndalang egatli alohida taxta boshlanadi. A. Qodiriy, Obid ketmon
-
Ochilgan yerni katta-katta taxta Qilib, ish boshladi ekmakka paxta. Habibiy
taxta soʻzi qatnashgan jumlalar:
Taxta boʻlib qolmoq yoki taxtaday qotib qolmoq
-
Mezbon, u bilan ikki-uch ogʻiz gapirishdi-da, bilmadim, nima sir oʻtdiki, turgan yerida taxta boʻlib qoldi. A. Qahhor, Sarob
-
Maymun tilkalangan qurbonini koʻtarib, derazada koʻringan-da, matros taxtaday qotib qoldi. Fan va turmush
Taxtaga olmoq (yoki tortmoq)
-
Gʻiyosiddin qiziq holga tushdi. Oqsoqol uni ikki modda bilan taxtaga tortib, til-jagʻini bogʻlab qoʻygan edi. S. Ahmad, Hukm
-
Oqsoqol koʻrsa, meni taxtaga torttiradi, seni raisga topshiradi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Risolatoyni avval taxtaga olib qarasam, Rustambek bilan ikkovining orasida ozgina elchiligi bor ekan. Hamza, Paranji sirlari
Suyanchiqsiz keng divan.
TAXTA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАХТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
taxta so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar