taxt
bilan ulashing
1. Rasmiy qabul va boshqa tantanali marosimlarda shoh, xon va amir oʻtirishi uchun saroy toʻriga oʻrnatilgan, maxsus bezatib ishlangan joy, hashamatli oʻrindiq.
-
Xon taxtda edi. Ung taraf kursida Abdurahmon oftoba-chi va soʻlda shoir mulla Niyoz domla qoʻl bogʻlab oʻtirar edilar. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Shayboniyxon u bilan taxt ustidan tushmasdan soʻrashdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Abusaid toʻppa-toʻgʻri Arkka koʻtarilib, katta hovlidagi qadimiy taxtga oʻtirdi. Mirmuhsin, Meʼmor
2. Podshoh, xon, amir lavozimi; podshoh-lik, xonlik, amirlik.
-
Agar kushoyishi koringizni berib, taxt Jahongir mirzoga oʻtsa, siz uning eng ishongan rahnamosi boʻlursiz. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Zulm, taxtga qarshi isyon Sharq koʻksida toʻlib toshdi. Gʻayratiy
3. koʻchma Mansab, lavozim (oʻrni).
-
Taxtda yolgʻiz boʻlishni, barcha ogʻziga tikilib oʻtirishini istardi Qayumxon. F. Musajonov, Himmat
taxt soʻzi qatnashgan jumlalar:
Taxtga chiqmoq (yoki oʻtirmoq, minmoq)
-
Aslida bu otni Ulugʻbek mirzo Samarqand taxtiga chiqqan paytida Buxoro begi tuhfa etgan edi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
bir kuni odil bir amirzoda Xuroson taxtiga oʻtirgach, zolimni jazolaydi, deb oʻylardi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Xalilovning texnikasi, Xalilovning oʻzi ham eskirib qolgan emish. Sen qoch, men chiqaman taxtingga, degani emasmi bu tirmizakning. I. Rahim, Ixlos
Taxtdan tushmoq (yoki yiqilmoq)
-
Haydar ota shaharga borgan edi, oq poshsho taxtdan tushdi degan gapni eshitib qoldi. A. Qahhor, Asror bobo
-
Yaxshisi, oʻsha kuni, oshpazlik taxtidan tushgan kuning, oʻzingni osib qoʻya qolsang ham boʻladi. Shuhrat, Shinelli yillar
Foydalanish yoki ishlatish uchun tayyor, shay; muhayyo.
-
Hamma narsa ishni boshlash uchun taxt. S. Karomatov, Soʻnggi barxan
-
Miltiqlar taxt, otlar tayyor, lekin kimningdir qush olib kelishini kutishar edi. A. Qahhor, Xotinlar
taxt soʻzi qatnashgan jumlalar:
Taxt turmoq
-
[Sharofat] Gʻazabidan emas, otilayotgan narsalarga chap bermay, taxt turgan Sidiqjonning olov sochayotgan koʻzlarini koʻrib, qoʻrqqanidan otar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Taxt qilmoq
-
Men Yoʻldoshning maoshini yigʻib, toʻyni taxt qilib qoʻyibman. H. Gʻulom, Toshkentliklar
-
Butazorda yigitlar qurollarini taxt qilib, dushmanni poylab yotishdi. T. Rustamov, Mangu jasorat
TAXT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАХТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
taxt so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar