taxlit
bilan ulashing
1. Koʻrinish, shakl, qiyofa.
-
Odam taxlitidagi maymun. Aka-uka quyib qoʻygandek bir taxlitda.
-
Baʼzi joyda kvadrat aniq, baʼzi joylarda taxliti ham yoʻq. I. Rahim, Ixlos
-
Har qadamda nuragan, xaroba devorlar koʻp uchraydi. Bu qishloqning taxliti ana shunday edi. Yo. Xaimov, M. Rahmon, Hayot-mamot
-
Nonni ishtahasiz tishlar, miskarlar to-monidan samovar taxlitda yasalgan qumgʻondan choy quyar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Ayrim soʻzlar va koʻrsatish olmoshlari bilan qoʻllanib, usul, yoʻsin, tarz maʼno-sini bildiradi.
-
Ish taxliti. Yurish-turish taxliti.
-
Shu taxlit yuk tugaguncha terlab ishlashdi. Yoshlik
-
Ularning turmushi shodlik ham koʻrmay, achchiq-chuchukni ham sezmay, shunchaki bir roʻzgʻor tebratish taxlitida oʻtdi. I. Rahim, Ixlos
-
Xachirga minib, siz bilan bir taxlitda boraman. Latifalar
3. koʻm. vzf. Oʻxshatish, qiyos bildiradi; kabi, singari.
-
Bu taxlit chistoniy baytlar qadimda ham oliy hazratning istaklari ila bitilur edi. S. Siyoyev, Avaz
-
Ollo niyatingizni bersin! — dedi oʻzini ulugʻvor va yuksak mansabdor taxlit tutib. Shuhrat, Oltin zanglamas
TAXLIT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАХЛИТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
taxlit so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar