taxla
bilan ulashing
1. Buklab, taxiga solib qoʻymoq; buklab, taxiga solib joylamoq.
-
Onam ustimdan choponimni yechib olib, taxlab qoʻyibdilar. E. Raimov, Ajab qishloq
-
Men shamshod xivichidan toʻqilgan buklama kursichamni taxladim. Guldasta
-
Xotin indamadi, roʻ(y)jani taxlab, stolning ustiga surib qoʻydi. A. Qahhor, Asarlar
2. Ustma-ust termoq, ustma-ust qoʻyib joylamoq.
-
Tatar ayol kitoblarni bir chekkaga taxlardi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Ota chaylaning toʻriga taxlab qoʻyilgan koʻrpalar ustidagi yostiqqa ishora qildi: — Hech uyalib-netib oʻtirma. S. Anorboyev, Oqsoy
3. koʻchma Ust-ustiga, ketma-ket keltirmoq, qoʻshmoq, qalashtirmoq(gap-soʻz va shu kabilar haqida).
-
Keyin birinchi navbatda nima ishlar qilish kerakligini taxlab tashladi. J. Abdullaxonov, Toʻfon
-
Maktab direktori Soat Pochinov., birpasda talay gapni taxlab tashladi. Gazetadan
-
bahona taxlab tashlayotgan Javhardan Rasuljonning jahli chiqdi. J. Abdullaxonov, Xonadon
TAXLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАХЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
taxla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar