qirg‘oq
bilan ulashing
1. Suv havzalari va oqar suvlar bilan quruqlik tutashgan kambar yer; lab, boʻy, yoqa; sohil.
-
Daryo qirgʻogʻi. Koʻl qirgʻogʻi. Dengiz qirgʻogʻi.
-
Amu oqar qirgʻoqni yuvib, Kunlar oʻtar kunlarni quvib. Gʻayratiy
-
Farida qurbaqa suzish qilib, qirgʻoqqa qarab borar ekan, suv purkab kuldi. P. Qodirov, Uch ildiz
2. Yoyiq narsalarning, yoʻl yoki maydonning cheti; zih, qir.
-
Roʻmolning qirgʻogʻi. Paxtazorning qirgʻogʻi.
-
Adolat konvertni oldi-da, kichkinagina qaychisi bilan qirgʻogʻini qiydi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
[Murod] Musht bilan stol qirgʻogʻini urgan edi, stakanlar jiringlab sakrab ketdi. S. Axmad, Qadrdon dalalar
3. Chuqur narsalarning yuqori chegarasi, cheti, yoqasi.
-
Jarning qirgʻogʻi. Chelakning qirgʻogʻi.
-
Haytovur, jahannamning qirgʻogʻiga chiqib oldik. Oybek, Quyosh qoraymas
QIRG‘OQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИРҒОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qirg‘oq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar