qisil
bilan ulashing
1. Qismoq feʼlining oʻzlik va majhul nisbati.
-
Etagi eshik orasiga qisilib qoldi. Mushti qisildi. Devorga qisildi. Burchakka qisildi. Puldan qisildi. Yuragi qisildi. Koʻzlari qisildi.
-
Komil avvalgidek uy-roʻzgʻorni tebratib turar, oila yemoq-ichmoqdan qisilmas edi. M. Osim, Tilsiz guvoh
2. koʻchma Ruhan tanglik sezmoq, diqqat boʻlmoq; siqilmoq; tortinmoq, qismoq.
-
Avvalgi oilasini eslab qisiladi, ishdan charchaydi, ichadi-da J. Abdullaxonov, Toʻfon
-
Bilasizmi, shu kunlarda shunday qisilgan edimki, qalbim oʻt boʻlib yondi. X. Toʻxtaboyev, Shonli avlod
-
Endi ogʻziga kelganini qisilmasdan gapirishga boshladi. Oybek, Tanlangan asarlar
QISIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИСИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qisil so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar