qirchillama
bilan ulashing
1. Kuch-quvvatga toʻlgan, yetilgan.
-
Qirchillama yigit.
-
Hu ana, oldinroqda yoshi ellikdan oshganiga qaramay, haliyam qirchillama yigitday daroz boʻyini tik tutib, Toʻlamat moʻylov ketyapti. S. Anorboyev, Oqsoy
-
qirchillama yoshning besh-oʻn yili shunga sarf boʻldi. M. Qoʻshjonov, Diydor
2. koʻchma Avjiga chiqqan, kuchaygan, qahriga olgan, qattiq (sovuq yoki qish haqida).
-
Shunday qirchillama sovuqda choʻlga kelish zarurmidi? Y. Muqimov, Matonatli kishilar
-
Qirchillama qish pallasi uni qishloqqa olib borish ham qiyin edi. O. Husanov, Choʻlda
-
qish boʻlganda ham, qirchillama kunida tugʻilgan. Sh. Xolmirzayev, Saylanma
QIRCHILLAMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИРЧИЛЛАМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan QIRCHILLAMA so‘ziga berilgan ma’nolar
qirchillama so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
qirchillama so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar