qis
bilan ulashing
1. Orasiga olmoq, orasiga olgan holda tutmoq, siqib ushlamoq; siqmoq.
-
Valiyevning bir oʻzi stolga tirsagini tayab, ikki kafti bilan chekkasini qisib oʻtiribdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Teshaboy oldidagi qovun kosadan shoshilmasdan bir tilim oldi-yu, ogʻziga keltirmay, ikki barmogʻi orasida qisib turib: — Taqsir, — dedi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Men bilan jilmayib koʻrishdi-da, qoʻlidagi gazetasini buklab, qoʻltigʻiga qisdi. Oʻ. Usmonov, Sirli sohil
-
Temir qip-qizil boʻlgach, omburda qisib oladi-da, kundaga qoʻyadi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
2. koʻchma Siquv, iskanjaga olmoq; ezmoq, siqmoq.
-
Begona oʻshlar gʻoʻzani qisib qoʻyibdi.
-
ikkinchi marta ekilgan chigitni shoʻr qisib, yer betiga chiqarmay qoʻydi. Mushtum
-
Kampir, rezinkasi oyogʻini qisib yuborgan shekilli, kapron paypogʻini himarib, toʻpigʻiga tushirib olibdi. S. Ahmad, Saylanma
3. koʻchma Boʻgʻmoq, nafasini qaytarmoq.
-
Uning halqumini dard qisib keldi.
4. koʻchma (ch.k. bilan) Biror narsadan tang holatga solmoq; siqmoq, toliqtirmoq, zoriqtirmoq.
-
Puldan qismoq.
-
Mana boʻlmasam, deb uni ham ovqatdan qisib qoʻydim. S. Ahmad, Avtobiografiya
-
Xudoyim xotinlarni uy uchun yaratgan. Erkaklarni olib kelishdan qismasin. H. Rahimov, Chin hayot
-
husn degan narsadan xudo meni qisgan. Mirmuhsin, Meʼmor
5. Birlashtirmoq, yummoq.
-
Lablarini qismoq.
-
Valixon mushtini qisib taʼkidladi: — Sipoh kerak. Sh. Toshmatov, Erk kushi
-
Rangi qum oʻchgan, iztirobdan qaltiragan odamlar, oʻz xarobalari oldida tishlarini qisib, jim oʻylanardilar. Oybek, Quyosh qoraymas
qis soʻzi qatnashgan jumlalar:
Boshini (yoki kallasini)
-
U kallasini qisib, koʻkargan koʻzini qoʻli bilan toʻsib turgan Jamol pismiqqa murojaat qildi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
Boʻynini (yoki boʻyin) qismoq
-
Risolat xola boʻynini qisib, oʻzi ham bu sirning boisidan bexabarligini bildirdi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
-
Bir kun erimning uzoq sayilga ketganini eshitib, uyimga yetim boladek boʻynini qisib kirib keldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Qarshisida yolvorganday boʻyin qisib turgan yigitga rahmi keldi. J. Abdullaxonov, Toʻfon
Dumini qismoq
-
It juda qoʻrqoq ekan. Dumini qisib, bir menga, bir Asetga qarab, bostirmaning tagiga kirib ketdi. N. Fozilov, Diydor
-
qattiqroq gapirib, hukumatni esga solsang, dumini qisadi bu chayqovchilar. A. Muxtor, Davr mening taqdirimda
Yelkasini qismoq
-
Mutrib odaticha yerga qarab, yelkasini qisib, bir-bir odim tashlab ketardi. S. Siyoyev, Avaz
-
— Somon olganmisiz? Agronom., yelka qisdi: — Bilmadim bolalar kecha-pecha olib kelgan boʻlmasa. S. Siyoyev, Otliq ayol
-
Juman, men yelkamni qisib keldim, bolalarga ayt, meni qayta tarbiyalashsin A. Muxtor, Tugʻilish
Koʻz(ini) qismoq
-
u sel-sel terlaganiga ham parvo qilmay, koʻzlarini qisib, yoʻlga qaradi. Yoshlik
-
Charaqlagan oftobga qaraganday, koʻzlarini qisib, Temurga oʻgirildi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Raisning qarashidan bu nasihatning maʼnosiga tushungan mudir qoʻlini koʻksiga qoʻyib, chap koʻzini qisib dedi Mushtum
-
Darhol koʻzimni qisdim. Bir mayizni ikki boʻlib yeydigan Moʻmin doʻstim fikrimni pay-qadi. Sh. Xolmirzayev, Yoʻllar, yoʻldoshlar.
Tilini qismoq
-
Oʻlikmi-tirikmi, bilarmiz. Man ham qarab turmayman. Ammo soʻz tarqalmasin, ayt, xotining tilini qissin. Oybek, Tanlangan asarlar
Yuragini qismoq
-
Sahrodagi bir xil manzara kishi yuragini qisib, uni diqqinafas qilib yuboradi. K. Yashin, Hamza
QIS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qis so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar