taxmin
bilan ulashing
Oʻylab, chamalab, moʻljallab yoki qandaydir mulohaza va shu kabilarga asoslanib qilingan faraz, chama.
-
Taxmini toʻgʻri chiqdi.
-
Ana shundan keyin odamlardan biri oʻz taxminini soʻzlay ketdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Koʻrgan zahotim, oʻzbek qizimikan, degan edim, taxminim toʻgʻri chiqdi. Oydin, Suhbati jonon
-
Ziyodillaning taxminicha, Komil afandi Boʻronbekning uyiga yetib kelgan va agar kelmagan boʻlsa ham, hozir yetib kelishi kerak. H. Gʻulom, Mashʼal
taxmin soʻzi qatnashgan jumlalar:
Taxmin qilmoq
-
Abdumajidlar, Zarif ota taxmin qilganidek, oʻn ikkidan ancha oshgan-da kelishdi. Oʻ. Usmonov, Sirli sohil
-
Bozorga sabzi-piyozmi yo kartoshka olib kelib, bola-chaqalariga kiyim-kechak qilib ketayotgan dehqon boʻlsa kerak, deb taxmin qildi. S. Anorboyev, Oqsoy
TAXMIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАХМИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
taxmin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar