taxtakach
bilan ulashing
1. maxs. Yangi tayyorlanib buklangan doʻppini siqib (presslab), taxini chiqarish uchun ishlatiladigan, ustma-ust qoʻyilgan ikki taxtachadan iborat moslama; iskanja.
-
[Mehrixon] Yangi bitkazgan doʻppini taxtakachga bostirdi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
Telpagini qoziqqa ilib, hozirgina taxtakachdan chiqqanday yangi chust doʻppisini choʻzgʻilab kiydi-da, soʻradi. A. Muxtor, Tugʻilish
2. tibbiy Singan aʼzo suyagini qimirlamaydigan qilib bogʻlab qoʻyish uchun ishlatiladigan taxtacha.
-
Oyoqqa taxtakach bogʻlamoq.
-
Axir u salkam bir yildan buyon taxtakachda shipga tikilgancha yotibdi. E. Oxunova, Koʻz koʻzga tushganda
3. tarixiy Aybdorning boʻyniga solib, bogʻlab qoʻyiladigan jazolash quroli.
-
Xirojni toʻlamagan dehqonlarning boʻyniga taxtakach osib qoʻyar edilar. Uqish kitobi
4. Yongʻoq oʻyinida: soqqani qoʻyib otish uchun moslangan taxta asbob.
-
Soqqani taxtakachga qoʻyib otmoq.
TAXTAKACH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАХТАКАЧ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
taxtakach so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar