taxir
bilan ulashing
1. Taʼmi ogʻizni burishtiradigan; kakra, talxa.
-
Taxir dori. Taxir shaftoli.
-
Uning [Salimboyning\ keng qora qoshli, qoʻy koʻzli, peshonasi serajin choʻziq yuzi xuddi taxir bir nima yegandek burishdi. S. Abduqahhor, Sanamay sakkiz dema
-
Meva gʻoʻraligida taxir boʻladi, yegan kishining labini qizdiradi. Fan va turmush
2. koʻchma Dagʻal, badhazm (gap, soʻz, muomala va shu kabilar haqida).
-
Taxir gap.
-
Xaridorlar sotuvchidan taxir soʻz eshitmaslik uchun indamay chiqib ketishdi. Mushtum
taxir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Taxirini chiqarmoq
-
vaqti kelib, hovuridan tushib qolar, deb oʻziga sabr berib, erining taxirini koʻchaga chiqarmadi. R. Rahmon, Qiz — aziz farzand-ku!
-
Ammo soʻkaverib, bir-ikkita vakilning taxirini chiqarib yubordi. Mushtum
TAXIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАХИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
taxir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar