omon
bilan ulashing
1. Sogʻ-salomat, eson-sogʻ.
-
Bosh omon boʻlsa, doʻppi topilar. Maqol
-
Qorategindan keldingmi, opang omonmi? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Bu bosh bevafo dunyoda nimalarni koʻrmadi deysiz. Koʻp toʻpolonlardan omon qoldi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Tohir omon, hech bir shikast yegan yoʻq. S. Abdulla, Tohir va Zuhra
2. Tinch, osoyishta.
-
Ona yurting omon boʻlsa, rang-roʻying somon boʻlmas. Maqol
-
Dunyodagi barcha tinchliksevar kishilar ona zaminning omon qolishi uchun hamjihatlik bilan oʻz xohish-irodalarini namoyish etmoqdalar. Gazetadan
3. Omon (erkaklar ismi).
omon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Omon bermay
-
Sen qoʻlima tushib boʻlding gunohkor, Omon bermay oʻldiraman muqarrar. Rustamxon
OMON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОМОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
OMON so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan OMON so‘ziga berilgan ma’nolar
omon so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
omon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar