omonat
bilan ulashing
1. Saqlab berish, vaqtincha foydalanish yoki boshqa bir kishiga eltib berish uchun topshirilgan.
-
Omonat xat. Omonat pul.
2. Omonatga saqlangan pul va boshqalar narsa, buyum.
-
Anov kuni qoʻyib ketgan omonatga keldim. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Omonatlarni egalariga topshirganimizdan keyin, mayli kuyovtoʻra qizimizni Makkaga olib borsalar ham, monelik yoʻq. I. Oʻktamov, Hikoyalar
3. Mijozning maʼlum bir shartlar asosida bankka qoʻygan pul mablagʻi.
4. Nomigagina, shunchaki; zoʻrgʻa.
-
Chol supadagi yogʻoch soʻriga omonat ilinib, niyatini aytishga soʻz topolmay qiynaldi. Yoshlik
-
Toʻychi poygakdagi choʻyan pech ustiga omonat oʻtirdi-da, yerga qaragancha, indamay, papirosga zoʻr berdi. A. Koʻchimov, Halqa
5. Vaqtinchalik.
-
Odam — omonat, diydor — gʻanimat. Maqol
-
Jiyan ijara uyda omonat oʻtirdi. Yoshlik
6. Puturdan ketgan yoki zoʻrgʻa ilinib turgan.
-
Omonat bino.
-
Oshpaz kosaga lagʻmon suzib, yoʻnilmagan taxtadan omonat yasalgan stol ustiga qoʻydi. S. Ahmad, Ufq
omonat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Omonat daftarchasi
-
Salimxon Obidiy allaqanday zarur hujjatlarni, omonat daftarchasini roʻmolga tugdi. Mirmuhsin, Umid
Omonat kassasi
Omonatini topshirmoq
-
Kampir uyga kirgan-u, shu qisqa fursat ichida choli toʻshakka beozor choʻzilganicha, omonatini topshirib qoʻyganining guvohi boʻlgan. Yoshlik
OMONAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОМОНАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
omonat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar