tavsiya
bilan ulashing
1. Biror ish, lavozim, oʻqish va shu kabilarga loyiq koʻrib taqdim etish, shunday mazmunli taqdimnoma.
-
Yirik mutaxassisning tavsiyasi bilan ishga olmoq.
-
Tavsiya berishdan oldin tavsiya beriluvchining barcha fazilatlarini taroziga solib turib, oʻz fikrini aytadi. Gazetadan
2. Maslahat, koʻrsatma.
-
Vrachning tavsiyasi bilan davo olmoq.
-
Ibodovning tavsiyasi bilan xatni tarjima qila oladigan kishining uyiga bordi. S. Karomatov, Soʻnggi barxan
3. Foydalanish, amalga oshirish uchun belgilangan koʻrsatma, yoʻl-yoʻriq.
-
Sanoat va qurilish sohalariga doir bir qator ilmiy tavsiyalar ishlab chiqarishga topshirildi. Gazetadan
-
Xususan, uzumchilikda toʻplangan materiallar asosida ilgʻor tavsiyalar ishlab chiqildi. Fan va turmush
tavsiya soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tavsiya qilmoq (yoki etmoq)
-
Odobli, bilimdon yigit, — dedi kulib, tavsiya qilayotgan muallimning fazilatlaridan zavqlangan kishidek. M. Osim, Ibn Sino qissasi
-
Sizni boʻlim mudirligiga tavsiya etmoqchiman. Yoshlik
-
Tez-tez shamollab turuvchilarga oldin uyda paypoqda, keyin yalang oyoq yurish tavsiya etiladi. Fan va turmush
TAVSIYA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАВСИЯ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tavsiya so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar