tavoze
bilan ulashing
Oʻzini xoksor, odob bilan tutish; xoksorlik, kamtarlik.
-
Gulbahor unga [ayolga\ avval tavoze bilan egilib salom berdi, keyin borib, yelkasini tutib koʻrishdi. S. Zunnunova, Gulbahor
-
Taʼzim etgan kabi, qoʻllarini tavoze bilan koʻksiga qoʻydi. S. Karomatov, Soʻnggi barxan
-
Inson ilmi, odobi, tavozesi bilan yoqimli boʻlib, mehnati bilan sharaflanadi. Gazetadan
tavoze soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tavoze koʻrsatmoq
-
Meʼmorga tavoze koʻrsatib, betob boʻlgani va buning ustiga amirzoda pulni kamroq berayotganini aytdi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Mufti Majidbekni hurmat qilsa-da, Aliga oʻxshab, unga uncha tavoze koʻrsatmadi. A. Hakimov, Ilon izidan
TAVOZE so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАВОЗЕ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tavoze so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar