tavba
bilan ulashing
1. Qilmishidan taʼzir yeb yoki pushaymon boʻlib, uni qaytarmaslik uchun qilingan azm-qaror, berilgan vaʼda yoki qilmishi uchun soʻralgan uzr.
-
Mening tavbamni loaqal oʻzlaringiz uchun qabul qilingiz! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Ammo xalq bunday yolvorishlarga, tavba, tazarrularga quloq solmadi, chunki ish oʻtgan, gʻisht qolipdan koʻchgan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. undov so‘z Taajjublanish, hayronlikni bildiradi.
-
Tavba, odam yaqin kishisidagi kamchilikni koʻrmas ekanmi, deb qoʻydim. H. Nazir, Yonar daryo
-
Uz uyida oʻtirgan qiz bir kechada yoʻq boʻlsin, tavba! OShek, Tanlangan asarlar
3. Biror gʻayritabiiy narsa, hodisa oldida istigʻfor aytish, xudodan kechirim soʻrash maʼnosida qoʻllanadi.
-
Hadeb: “Oʻzing kechir”, tavba, astagʻfirullo deyaverasiz-a Guldasta
-
Tavba deng, bolam, boʻydoqsiz, yana shunday tannozlardan biriga uchrab Guldasta
-
Xudoyo tavba, denglar, ikki dunyo-da eshitmaylik! P. Tursun, Oʻqituvchi
4. din. Tasavvufda: solikning tariqat sari qadam qoʻyishidan oldin qilgan barcha gunohlaridan tavba qilib, kelajakda biror gunoh ishni qasddan qilmaslikka azm-u qaror qilishi.
tavba soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tavba qilmoq
-
E xudo, tavba qildim! Osiy bandangni oʻzing kechir! Mirmuhsin, Meʼmor
-
Sobirning qiyofasida tanbeh yeb, tavba qilish emas, oʻz istagidan qaytmaslik hissi barqaror edi. F. Musajonov, Himmat
-
Qarol, xizmatkor boʻlib ishlashga tavba qildim, kishi bir marta aldanadi-da. Oybek, Tanlangan asarlar
Tavbasiga tayanmoq
-
Balki oʻzi insofga kelgandir, tavbasiga tayangandir M. Xayrullayev, Tilda marjon
-
— Xoʻp, ketaman. Lekin bilib qoʻying pushaymon yeysiz, tavbangizga tayanib qolasiz, — dedi Anvar. Z. Fatxullin, Soʻnmas yulduz
TAVBA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАВБА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tavba so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar