siqim
bilan ulashing
Narsa changallab siqilgan kaft va shu kaft orasiga olingan narsa miqdori; qisim.
-
Siqimini toʻldirib-toʻldirib pista olmoq. Oshga bir necha siqim sabzi solmoq.
-
Mirvali bangi birovning qoʻlidagi bedanani koʻrib, didiga oʻltiradigan boʻlsa, siqimida salmoqlab koʻrib, hamma joyi ham kelgan ekan, deb qoʻyadi. A. Qodiriy, Obid ketmon
siqim soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bir siqim
-
Qoʻlimda bir siqim Toshkent tuprogʻi, Uzoq oʻtmishlarga eltadi xayol. R. Bobojon, Tanlanma;
-
Kambagʻal odamga bir siqimgina osh yaxshi deb, taomdan soʻng biron soat gʻoz patidan yasalgan tish kovlagichni olib, tishini kovlab yuradi Mirmuhsin, Umid
-
Kampirdan sado chiqmadi. U bir narsadan qoʻrqib ketgan boladay, iyagini tizzasiga qoʻyib, zinada bir siqimgina boʻlib oʻtirardi. O. Yoqubov, Diyonat
-
Qarasam, punkt boshligʻi, qabul qil-mayman, deb tagʻin tixirlik qilyapti: nimadandir gʻayirligi yoki qandaydir tamasi borga oʻxshadi. Oʻzi bir siqimgina yigit. Gazetadan
SIQIM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СИҚИМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
siqim so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar