qilich
bilan ulashing
1. Bir tigʻli, gʻilof (qin) bilan yonga osiladigan, chopish, sanchish bilan yovga shikast yetkazadigan qurol.
-
Oʻtkir qilich. Uchi qayrilgan qilich. Qilich yalangʻochlamoq. Qilichni qindan sugʻurmoq. Qilich solmoq. Qilich bilan urmoq.
-
Mudofelar qoʻllaridagi miltiq, shashvar, oybolta, qilich va nayzalari bilan tizilishib oldilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Qilich (erkaklar ismi).
qilich soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qilich oʻynatmoq (yoki koʻtarmoq)
-
Ot ustida qilich oʻynatgan Toʻxtasin oʻz yigitlari bilan bosib kiradi. K. Yashin va M. Rahmon, Sirdaryo
Qilichdan oʻtkazmoq (yoki kechirmoq)
-
Parizodni, xonni ham, Ikki nomard jonni ham Qilichdan oʻtkazmoqqa Hozir edi shul zamon. H. Olimjon
-
Ushbu farmonimizni olgan on, darhol oʻn besh yoshdan to yetmish yoshgacha boʻlgan qipchoq er zotini qilichdan kechirgaylar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Qilichidan qon tomadigan
-
Bu yerda Shoʻroga qarshi isyon chiqarish u yoqda tursin, qilichidan qon tomadigan besh-oʻnta maslakdosh ham topilmadi. H. Gʻulom, Mashʼal
QILICH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИЛИЧ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qilich so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan QILICH so‘ziga berilgan ma’nolar
qilich so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar