qiliq
bilan ulashing
1. Kishining yurish-turishidagi, boshqalar bilan muomalasidagi oʻziga xos harakatlari, xulq-atvori.
-
Qiligʻi issiq odam. Qiligʻi sovuq yigit.
-
Uning qiliqlari oʻziga juda mos tushar, hatto qoʻli qattiqligi ham fazilatdek tuyulardi. F. Musajonov, Pushaymon
-
— Kechirasiz! — dedi oʻz qiligʻiga uyalib, sholgʻomday qizarib ketgan Mastonov. Gʻayratiy, Yoʻqlov
2. Gʻayritabiiy yoki nojoʻya ish, harakat, odat va shu kabilar
-
Kelishmagan qiliqlar.
-
Zebixon shunaqayam qiliqlar qildiki, Tursunboy angrayib qoldi. S. Ahmad, Ufq
-
Bunaqa qiliq Nishopuriy janoblaridan chiqadi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Fuqarolarning kechagi qiligʻi Sultonali hojini telba qilib qoʻyay dedi. S. Siyoyev, Avaz
3. Umuman, kishining odati, rasmi.
-
— Hali ham eski qiligʻini qoʻmsaydi. Uyga chaqirib, oldiga dasturxon yozmaguncha, suv bermaydi, — dedi [Davlatyor]. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Keldi qonli qilichin Koʻtarib Tugʻliq. Bu ham chiqardi yana Koʻp nayrang, qiliq. Gʻayratiy
QILIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИЛИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qiliq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan QILIQ so‘ziga berilgan ma’nolar
qiliq so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar