qil
bilan ulashing
1. Bajo keltirmoq, bajarmoq, ijro etmoq, amalga oshirmoq.
-
Ish qilmoq. Qilamiz desak ish koʻp. Aytganingizning hammasini qildim. Bilganingni qil. Qush uyasida koʻrganini qiladi. Maqol
-
Qiz tomon, garchand toʻyni bir yil keyin qilish sharti bilan boʻlsa ham, rozilik beribdi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
2. Baʼzi otlar bilan birikib, shu ot anglatgan narsani tayyorlash, hozirlash, pishirish maʼnosini bildiradi.
-
Xamir qilmoq. Guvala qilmoq. Eshik qilmoq. Pichoq qilmoq. Rom qiladigan usta. Oʻtin qilmoq. Non qilmoq. Shoʻrva qilmoq.
3. Biror-bir ishga, lavozimga qoʻymoq, belgilamoq, tayinlamoq, lozim koʻrmoq, tanlab olmoq.
-
Vakil qilmoq. Direktor qilmoq. Boʻlim boshligʻi qilmoq.
-
Qanday vazifa berishni oʻzlaringga havola qilamiz, lekin hosilot kengashiga rais qilsalaring, kuymaysizlar. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Biz Homidboyni oʻzimizga kuyov oʻgʻil qilishdan hech bir monelik koʻrmaymiz. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
4. yord. fl. vzf. Soʻz yasash uchun xizmat qiladi — ot, sifat va boshqalar turkumga oid soʻzlardan turli maʼnoli feʼllar yasaydi.
-
Tomosha qilmoq. Taklif qilmoq. Rashk qilmoq. Eʼlon qilmoq. Orzu qilmoq. Zoʻrlik qilmoq. Dushmanlik qilmoq. Obod qilmoq. Shod qilmoq. Bezovta qilmoq. Sarishta qilmoq. Oh-voh qilmoq. Lip-lip qilmoq. Taqir-tuqur qilmoq.
-
Oʻgʻrilik qilgani uchun qoʻl kesiladir va yo dorga osiladir. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Yana bir marta opalik qilsangiz, deb maslahatga kelgan edim. B. Rahmonov, Yurak sirlari
-
Boʻtaboyga, kolxoz mustahkam boʻladi, degan gapning oʻzi kifoya qildi. A. Qahhor, Qoʻshchinor, chiroqlari
-
Yoʻgʻon kishi, xuddi gʻozga oʻxshab, gʻat-gʻat-gʻat qilib kuldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
5. Bogʻlama vazifasida qoʻllanadi.
-
Oʻqituvchilik qilmoq. Oʻgʻlini muhandis qilmoq.
-
Sidiqjon hali buzilmagan toʻqayning narigi tomonida aravakashlik qilar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Mansur ham oʻrtoqlari bilan shu maydonda futbol oʻynar qora kepkasini qoshigacha bostirib, darvozabonlik qilar edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
QIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qil so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar