qibla
bilan ulashing
1. a. [ — roʻparada turgan narsa; namoz paytida yuz qaratiladigan tomon (Makka tomoni); mehrob; janub]
2. din. Musulmonlar namoz oʻqiyotgan paytda yuzni qaratib, oʻgirib turadigan tomon, Makka shahri joylashgan tomon.
-
Qiblaga qarab fotiha oʻqimoq.
-
[Otamning] Koʻp vaqtlari tasbeh oʻgirish kechalari qiblaga qarab, tiz bukib oʻtirib, xudoga yigʻlash bilan oʻtar edi. M. Muxammadjonov, Turmush urinishlari
-
Meʼmor dastorini boshiga qoʻndirib, qiblaga yuzini toʻgʻriladi Mirmuhsin, Meʼmor
3. eskirgan Gʻarb, kunbotish tomon.
-
Qibladan esgan shamol.
qibla soʻzi qatnashgan jumlalar:
Toʻrt tomoning qibla!
-
— Ikkisidan birini tanlang, — dedi Oyqiz qatʼiyat bilan, — yo ketmon, yo toʻrt tomoningiz qibla, boshingiz qayoqqa ogʻsa, oʻsha tomonga joʻnang. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
QIBLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИБЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qibla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar