qing‘ir
bilan ulashing
1. Toʻgʻri chiziq boʻylab yoʻnalmagan; egri, qiyshiq.
-
Qingʻir yogʻoch. Qingʻir devor. Xatni qingʻir yozmoq.
-
Fuqaro uylari choʻzilgan qingʻir koʻchaning boshida arava sigʻadigan katta, boʻyoqli darvozaga kirishdi. Oybek, Navoiy
2. koʻchma Qalloblikka, xiyonatga asoslangan; qalb.
-
Qingʻir maqsad. Qingʻir qadam. Qingʻir harakat. Qingʻir yurak odam. Qingʻir ishning qirq yildan keyin ham qiyigʻi chiqadi. Maqol.
-
Dili qingʻirning tili qingʻir. Maqol.
-
Bolaga nisbatan befarq qarash xunuk oqibatlarga olib keldi: Malik qingʻir yoʻlga kirib ketdi Gazetadan
qing‘ir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qingʻir qaramoq
Qingʻir qoʻl yoki qoʻli qingʻir
-
Olmoq boʻlib magazindan shokolad picha Qoʻli qingʻir sotuvchiga duch keldik kecha. T. Rajabiy, Narxi papkada
Qingʻiriga olmoq
-
Musaning gapi tugamasdan Toʻlbosh qingʻiriga oldi-ketdi. N. Fozilov, Oqim
QING‘IR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИНҒИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qing‘ir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar