qidir
bilan ulashing
1. Topish uchun urinmoq, topishga harakat qilmoq; axtarmoq, izlamoq.
-
Yoʻqolgan kitobni qidirmoq. Doʻstini qidirmoq.
-
Hayot shoxlarga tikilib qaradi. U ovoz egasini tanigan, taniganini qidira boshlagan edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Qutbiddin toʻxtab, shu atrofda tunab qolishga yaraydigan joy qidira boshladi. S. Karomatov, Oltin qum
-
Huri gapni choʻzish uchun hovliqib, mavzu qidira boshladi. F. Musajonov, Huri
2. Qidirish, izlash ishlari olib bormoq, tadqiq etmoq.
-
Yangi konlar qidirmoq. Kosmosni zabt etish yoʻllarini qidirmoq.
3. Topish, erishish oʻy-xayolida, ishtiyoqida, yoʻlida boʻlmoq.
-
Baxt qidiribsanmi, uni faqat mehnatdan topasan. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Haligi men aytgan oʻrtogʻimning ota-onalari orzu-havas qidirib, bechora qizlarini qaritib qoʻydilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
4. sheva Sayr-sayohat qilmoq.
-
Sayr etib-qidirib, dunyoni kezib, Soʻz aytib, Moskvada yurgan Jambuldir, Fozil Yoʻldosh oʻgʻli
qidir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Iz qidirmoq
-
Kampir iz qidirib, bogʻma-bogʻ borib, baland devor oldida toʻxtadi. I. Rahim, Chin muhabbat
Tirnoq ostidan kir qidirmoq
QIDIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИДИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qidir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan QIDIR so‘ziga berilgan ma’nolar
qidir so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar