siq
bilan ulashing
1. Oʻrab, qamrab yoki bosib ezmoq, qismoq.
-
Toshni siqqan bilan suv chiq-masalan Maqol
-
Uning yuzlari xuddi sharbati siqib olingan anor poʻstiga oʻxshab ketardi. S. Ahmad, Poyqadam
-
Darvoza ochilib, yoʻgʻon qomatini sportchilar kiyadigan qalin triko siqib turgan Shamsi Toʻrayevich koʻrindi. N. Aminov, Suvarak
-
U yigitni tagiga bosib olib, boʻynidan siqdi-da, yuzini yerga ishqab, ura ketdi. T. Ashurov, Oq ot
2. Sirib bogʻlamoq.
-
Tongda jangchilar och qornini kamar bilan mahkam siqib, yoʻlga tushdilar. Oybek, Quyosh qoraymas
3. Bosim bilan hajmini kichraytirib zichlashtirmoq.
-
Gazni siqmoq.
4. Tazyiq bilan surib bormoq, tang holda qoldirmoq.
-
Raqibni burchakka siqib qoʻymoq. Mashina qoʻl mehnatini siqib chiqarmoqda.
-
Dushman bu qiyinchiliklardan foydalanib, stansiya tomon siqib keldi. Oybek, Quyosh qoraymas
5. Erkinlik, huquq bermay yoki oʻrinsiz talab, daʼvo, boʻhton va shu kabilar bilan ruhan ezmoq, qiynamoq.
-
Bolalarni boʻlar-boʻlmasga siqavermoq. Uni, ovqatni buzibsan, deb rosa siqdik.
6. chiqish kelishigi bilan Biror narsadan cheklab qoʻymoq; zoriqtirmoq.
-
Puldan siqmoq.
-
[Xushroʻy] Ikkinchi va uchinchi haftalarda oʻchoq boshini oʻz qoʻliga olib, kundoshini ikkita yosh bolasi bilan tomoq vajidan ham siqa boshlaydir. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Albatta, kampir kelinlarini roʻzgʻordan siqmasdi. Ammo rejani buzmay, masalliqni isrof qilmay ish tutardi. S. Ahmad, Saylanma
-
Bechora xolani xudo husndan siqqan, jamolida jindakkina kulib turadigan yeri yoʻq. Mirmuhsin, Umid
siq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yurakni (yoki qalbni, dilni) siqmoq
-
Xavotirli sukut onlari choʻzilgandan choʻzilar, yurakni siqar, vahimaga toʻldirib, chorasizlik — ojizlik chohiga qulatmoqda edi. Yoshlik
Siqib suvini ichmoq
-
[Direktor] Bufetchining ham siqib suvini ichyapti. S. Zunnunova, Yangi direktor
SIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
siq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar