siqil
bilan ulashing
1. Siqmoq 1, 2 feʼlining oʻzlik va majhul nisbatlari.
-
Sovuqdan siqilgan jism. Siqilgan gaz.
-
Ikkita zabardast odamning oʻrtasida siqilib, qimirlashga ham jurʼat etolmay ketaverdi! F. Musajonov, Nozik masala
2. (ch. k. bilan) Tanglik sezmoq, toliqmoq, zoriqmoq.
-
Puldan siqilmoq. Roʻzgʻordan siqilmoq.
3. Ruhan ezilib yoki zerikib diqqat boʻlmoq, diqqati oshmoq, ziq boʻlmoq.
-
U kunlarni eslasam agar, Siqilaman, yuragim titrar. Gʻayratiy
-
Anvarxonning koʻngli ezilgan edi, qarshisida oʻtirgan, ruhan siqilgan yigitning ahvolini yaxshi tushungan edi. Oybek, Ulugʻ yoʻl
siqil soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yuragi siqilmoq
-
Kampiri mingʻirlagan ovoz bilan zorlana boshlaganda, cholning yuragi siqilib ketdi. M. Osim, Tilsiz guvoh
SIQIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СИҚИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
siqil so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing