soliq
bilan ulashing
1. Davlat tomonidan amaldagi qonunlar asosida yuridik va jismoniy shaxslarning daromadi yoki mol-mulkidan undiriladigan va byudjetga oʻtkaziladigan majburiy toʻlov.
-
Mahalliy soliq. Daromad soligʻi. Soliq yigʻmoq. Soliq toʻlamoq.
-
Uning [Musulmonqulning] oʻz kayficha oyda emas, haftada solib turgan soliqlari fuqarolarning terisini shilsa ostirib, kestirib turishi xosni ham esankiratdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Soliq imtiyozlari berishning xilma-xil shakllari jahondagi koʻpgina mamlakatlarning soliq amaliyotida qoʻllanadi. OʻzME
2. Biror xarajatni qoplash, biror maʼraka-marosimni oʻtkazishga yordam berish maqsadida oʻzaro kelishib, koʻpchilikka (aso-san qarindoshlar va yaqin kishilarga) sochilgan, taqsimlangan toʻlov, yigʻim.
3. etn. Oliq-soliqdagi bitimga muvofiq, kuyov tomondan kelin tomonga berilishi lozim boʻlgan pul va narsalar.
Quyi solingan, osilgan, soligʻliq.
-
Uning [Dadamat akaning] qovogʻi soliq, koʻrinishidan jahldor odamga oʻxshardi. F. Musajonov, Himmat
-
Rangi quv oʻchib, behush kabi qotgan Ahmad Husayn boshi quyi soliq edi. Oybek, Nur qidirib
SOLIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СОЛИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
soliq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar