solig‘liq
bilan ulashing
1. Solib joylab qoʻyilgan, solingan.
-
Qinga soligʻliq xanjar.
-
Kitobning qatiga daftar, qalam ham soligʻligʻicha qolgan. Mirmuhsin, Umid
2. Quyilgan, solingan.
-
Samovarda suv soligʻliq turibdi.
3. Solingan, yozilgan, toʻshalgan.
-
— Bu yoqqa oʻtiring, — dedi u, erini palos soligʻliq supaga taklif qilib. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
4. Solib qoʻyilgan, solingan, bekitilgan.
-
Tugmalari soligʻliq.
-
Sekin kelib, koʻcha eshikni itarsam, ichidan qulf soligʻliq. Mushtum
5. aynan Soliq II.
-
Odilov Mavlonning koʻnglini koʻtarishga urindi. Mavlon esa, qovogʻi soligʻligʻicha indamay oʻtiraverdi. F. Joʻrayev, Obid Jalilov
SOLIG‘LIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СОЛИҒЛИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
solig‘liq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar