solin
bilan ulashing
1. Solmoq 1-2, 4-5, 7-9, 12-19, 21 feʼlining majhul nisbati.
-
Jajjigina xona billur qandildan yogʻilayotgan nurga toʻlgan, devorlardagi keksa artistlarning suratlari solingan ramkalar oynasi yaraqlab turardi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Uzuklarga solingan Koʻzday boʻldi Oychinor. Oysuluv
-
Suv yoʻq, suv solingan koʻzacha otning tagida qolib singan. A. Qahhor, Asarlar
-
Shimining tizzasi bilan oʻng choʻntagining tagiga yamoq solingan edi. S. Karomatov, Oltin qum
-
Supaning qarshisiga, oʻn qadamcha nariga moʻjazgina bir chorpoya qoʻyilib, unga samovarning eski-tuski paloslari solindi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Toʻgʻri, idishlarni oʻz vaqtida qaytarmagan savdo tashkilotlariga jarima solinyapti. Gazetadan
-
Zaynabning ogʻasi tomonidan ushlanib, kishanga solingan mojarosi eshitildi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Hovlining uch tomoni bir uy, bir ayvon qilib qatorasiga solingan yangi binolar bilan oʻralgan, bir tomoni giloszor bogʻcha. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Nabigulning akasi Qodirga popop mashina bilan gul solingan qora baxmal bir roʻyja koʻrsatdi. A. Qahhor, Asarlar
-
Lekin sxematik, tili gʻaliz, baʼzi qoida va shablonga solingan asarlar kishilarga yoqmayapti. OʻTA
-
Agar soyabon aravada ketayotgan ikki xotinning visir-visiriga quloq solinsa, balki Teshaboyning sirini bilib olish mumkin boʻlar? M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. Solmoq 17 feʼlining oʻzlik nisbati.
-
Gʻulomjon shuncha gullar ichidan izlagan gulini topmadimi, Qoʻllari osilib, boshi solinib chiqdi gulzordan. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. Osilmoq, osilib tushib turmoq.
-
Maʼmurjonning oʻsiq qoshlari solindi, goʻyo shu qoshlar ogʻirligidan koʻzlar yerga qarardi. Sh. Xolmirzayev, Toʻlqinlar
SOLIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СОЛИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
solin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar