siqiq
bilan ulashing
1. Siqilgan, qisilgan, siqimlangan.
-
Siqiq musht.
2. Tor, kichkina.
-
Kichik masjid qishloqning Eshon mahalla deb atalgan qismida boʻlib, siqiqroq bir xonaqoh va torroq bir ayvondan iborat. A. Qodiriy, Obid ketmon
3. Haq-huquqdan, erkinlikdan mahrum; siquv, iskanja ostidagi; tang.
-
Siqiq vaziyat. Siqiq hayot.
-
Sultonxon, bechora, kundoshlarini “ahmoq“ deb oʻylaydi. Holbuki, u siqiq muhitda yashovchilarning hammasi bir-birini aldashga, bir-birini ahmoq qilib qoldirishga urinadi Choʻlpon, Kecha va kunduz
4. Chekli, cheklangan, tang.
-
— Yer joʻnidan siqiqroqmiz, — dedi boshini asta qimirlatib Oʻktam. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
5. Muxtasar, ixcham.
-
siqiq va chuqur maʼno bildiradigan maqollar tugal bir poetik asar mazmuniga teng keladi. Gazetadan
-
Chindan ham istiora eng siqiq shakldagi oʻxshatishni eslatadi. UTA
6. ot Siquv, tazyiq, iskanja.
-
[Sulaymonov] Turli fikrlar siqigʻidan chiqib, bir qarorga kelganday, Rahmon otani olib kelishlarini soʻradi. I. Qalandarov. Shoxidamas, bargida
siqiq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Siqiqqa olmoq
-
— Bechora Moʻmin aka!—rais xoxolab kulib yubordi. — Bu yoqda siz [Yulduzxon], bu yoqda jurnalist oʻrtoq Toza siqiqqa oldilaring-ku shoʻrlikni. O. Yoqubov, Bir felyeton qissasi
SIQIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СИҚИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
siqiq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar