sir
bilan ulashing
1. Ustini mato bilan tarang qilib qoplamoq.
-
Divanni qizil duxoba bilan sirmoq.
2. Gavdaga yopishib tarang turmoq (kiyim haqida).
-
[Aʼzam] Bir kelsa, Tamannoning oʻzi yolgʻiz. Xuddi bir mahal koʻrganiday, badanga sirib tikilgan shim va koftada. Shuhrat, Jannat qidirganlar
3. Mahkam qilib bogʻlamoq.
-
Usta., chorsi-sini beliga sirib bogʻlab, minbarga chiqdi. S. Ahmad, Hodivoy
4. Arqonni kalta qilib bogʻlamoq, qantarib qoʻymoq.
-
Otni ustunga sirib bogʻlamoq.
Birmuncha vaqt ovqat bermay och qoʻymoq, och qoldirmoq yoki oʻzini ovqatdan tiyib, och oʻtirmoq.
-
— Ovqat-povqating bormi, opkelsang-chi, oʻldirding-ku sirib, — dedi Ikromjon Jannat xolaga. S. Ahmad, Ufq
-
Juvozga qoʻshilgan otdek choʻzilib, qulogʻingizdan kun koʻrinib qolibdi-ku! Ovqatdan oʻzingizni sirmang, pul topiladi, sogʻlikdan ajrab qolmang yana. S. Nurov, Narvon
SIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar