sira
bilan ulashing
1. Aslo, asti, mutlaqo, hech.
-
Buning sira iloji yoʻq.
-
Ahmad bu gapni sira kutmagan edi, tok urgandek eti jimirlashib ketdi. F. Musajonov, Himmat
-
Avji qish vaqti boʻlsa ham, yerda sira qor yoʻq. S. Zunnunova, Yangi direktor
-
U oʻtirganlardan sira man tortmasdan sheʼrini baland ovoz bilan yoddan oʻqidi. K. Yashin, Hamza
2. faqat boʻlishsiz feʼl bilan) (Hech qachon, hech vaqt.
-
Endi bu yerga sira kelmayman.
-
Bari bir, men Gulnor opani unutmayman sira, uni koʻrgani tez-tez kelib turaman. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Kanal ochilgan kun esingizda bormi? Kanaldan oqqan chiroqlar koʻz oldimdan sira ketmaydi. Bu oʻyin emas, xalqning orzusi edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
3. faqat soʻroq gaplarda Biror marta, hech.
-
— Shahodat muftingizning aftiga sira qaraysizmi. Shoiringizning pichinglarini payqaysizmi? — dedi Anvar Sultonaliga. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Siz otamisiz, nimasiz axir, oʻgʻlingizni tiyib olish sira esingizga keladimi? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
1. Muntazam, izchil qator; ketma-ketlik, tartib, navbat.
-
Sonlar sirasi.
2. Saf, qator.
-
Piyodalar sirasida keksa muarrix va shoir Mirzo, Tabibiy, Bayoniy koʻrindi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
3. koʻchma Qator, tarkib.
-
Har holda, shaxmat har qanday oʻyindan shu qadar katta farq qiladiki, bu farq shaxmatni uzil-kesil oʻyinlar sirasiga qoʻshishga imkon bermaydi. M. Muhitdinov, Miya gimnastikasi
-
Mulla Abdurahmon Raʼnoning erga berilganligining xabarini eshitgach, bu tasodifni istiqbolning xayrli follari sirasiga kiritdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
4. Fikrning, gapning asosiy mazmuni, mohiyati, magʻzi; gapning poʻskallasi.
-
— Soʻzlamayman, —dedi Toʻybeka [Kumushga], —lekin sirasini soʻzlayman. Oh, koʻrsang edi bir kuyovni! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
— Gapning sirasini aytaqolsangiz-chi, xolajon, — de-dim nihoyatda chidamay. T. Alimov, Toʻy qoldi
sira soʻzi qatnashgan jumlalar:
Sirasini aytganda
-
Sirasini aytganda, poytaxtlik konstruktorlar bizga yordamga kelishadi, deb oʻylamagan edik. Gazetadan
SIRA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СИРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sira so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar