xumor
bilan ulashing
1. ot Odatlanish tufayli biror narsaga boʻlgan chanqoqlik; mushtoqlik, zoʻr istak.
-
U bugun uyqudan bir qadar xumori bosilganday boʻlib turdi. S. Anorboyev, Hamsuhbatlar
2. Biror narsaga erishuvga, yetishuvga ishtiyoqi baland, orzumand; mushtoq.
-
Xat ku-tib jonimda qolmadi toqat, Bir koʻrmoqqa xumor boʻldi Adolat! I. Rahim, Chin muhabbat
-
Tojiboy xumor boʻlib, yana nos chekdi-da, otiga qamchi urdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
xumor soʻzi qatnashgan jumlalar:
Xumor qilmoq
-
— Durust, oldingi kasbing xumor qilayotgani yoʻqmi?— deb hazillashdim. Shukrullo, Saylanma
Xumordan chiqmoq
-
[Ahmad] Uloq chopib, koʻpkarilarni koʻrib xumoridan chiqib, uyiga qaytmoqchi boʻldi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
Xumori tutmoq
-
Qisqasi [cholning] nosi ado boʻlsa, ayniqsa, xumori tutganda, hech bir kuch uni toʻxtatib qololmaydi. N. Norqobilov, Toʻqnashuv
Xumorini tarqatmoq (yoki yozmoq)
-
Oʻynab, hasratlashib, xumorini tarqatib, uyiga qaytadi odam. Gazetadan
-
Sizlarni koʻrsam, uni [nabiramni] koʻrganday xumorim yoziladi. Saodat
Xumor koʻz yoki koʻz(lar)i xumor
-
Zumradning xumor koʻzlarida qandaydir chuqur bir qaygʻu yashiringan. H. Ziyoxonova, Mening tabrigim
-
U [Gulnor] chiroyli mayin tovush bilan soʻzlarkan, yigitning qoʻlidan choynak-piyola olarkan, shoʻx, xumor koʻzlari bilan yigitga qaraydi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Koʻz tindi kutib, koʻzi xumorim, nima boʻldi? Habibiy
Oʻz gapi oʻziga xumor qilmoq
-
Muallim oʻz gapi oʻziga xumor qilib xoxoladi Yoshlik
XUMOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХУМОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xumor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar