xizmatchi
bilan ulashing
1. Biror idora yoki kor-xonada yozish-chizish bilan shugʻullanuvchi kishi; xodim.
-
Uning ijtimoiy kelib chiqishi — xizmatchi. Idora xizmatchilarining bir majlisida Sulaymonovni rosa sulaytirishdi. A. Qahhor, Ikki yorti — bir butun
-
Birlashma xizmatchilari tarkibiga stomatologlarning kiritilishi tasodifiy chora emas. Gazetadan
2. Umuman, mehnatkash kishi; ishchi.
-
Ular temir yoʻl xizmatchilari edi. Oydin, Suhbati jonon
-
Qilinadigan ishning bir xilligi xizmatchini toliqtiradi, aksar, anchagina kuch sarf etishni talab etadi. Fan va turmush
3. aynan Xizmatkor.
-
Mulladoʻst — 54 yoshda, shoʻx tabiat koʻngilchan bir kishi. Qozining xizmatchi ham mulozimi. Hamza, Maysaraning ishi
XIZMATCHI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХИЗМАТЧИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xizmatchi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar