tepkila
bilan ulashing
1. Oyogʻi bilan ketma-ket zarb bermoq, takror-takror tepmoq.
-
Bir-birini tepkilab urishmoq. Tepkilab loy pishitmoq.
-
Goʻng aravaga rosa tepkilab bosilgan, gʻildiraklar yuk zoʻridan gʻijirlar, qoʻsh ot uni bazoʻr tortar edi. H. Gʻulom, Senga intilaman
-
Ustiga chiqib tepkilasa ham, jigarniki oʻtmas ekan. S. Ahmad, Ufq. Gʻazab oʻtida yonib, kampirning yuziga tarsaki tushirdi, suyaklari chiqib turgan beliga tepkiladi. Mushtum
2. Bosib payhon qilmoq, yoʻq qilmoq; toptamoq.
-
Ot tuyogʻi tepkilab ketgan Lola-zorlar oʻtar xayoldan. H. Sharipov
-
[Afandi] Hoʻkizni tutdi, uyiga olib kirib: — Jazzoyi kishi birovning ekinini tepkilasin! — deb soʻyib yubordi. Latifalar
TEPKILA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЕПКИЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tepkila so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar