tepki
bilan ulashing
1. 1 Oyoq bilan berilgan zarb.
-
Xudoyqul bir nafas gʻingshib yotdi. Tepkidan ogʻrigan joylarini sekin-asta siladi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Bola koʻrsatilgan ikkinchi soʻzni oʻqiyman deb turganda, sinf eshigi qattiq tepkidan lang ochilib, ichkariga sovuq yopirilib kirdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. Toʻp, zambarak kabi otish qurollaridan oʻq uzilganda, uning orqaga beradigan zarbi.
-
Toʻpning tepkini kamaytiradigan qurilmasi.
3. Oʻq otadigan qurollarning otish mexanizmini ishga soluvchi qismi.
-
Pulemyot tepkisi. Toʻpponcha tepkisi.
-
Otaymi, otmaymi! Oʻng qoʻlining barmogʻini miltiq tepkisiga yuborib, uni bosayotgan joyda yana toʻxtadi. I. Rahim, Chin muhabbat
4. Mahalliy toʻqish dastgohining oyoqlar bilan galma-gal bosib, dastgohni ishga tushirish, uning muntazam ishlashini taʼminlash uchun xizmat qiladigan qismi.
-
Hojiyaxon boʻz toʻqishni endi oʻrgangan, oʻng qoʻli tasma gʻaltakni tortsa, chap oyogʻi tepkini bosolmas, oʻng oyogʻi tepkini bossa, chap qoʻli gulani juftlolmas edi. A. Muxtor, Opa-singillar
5. Dastgohning shu qismini bosganda toʻqilib, zichlangan moki ipi.
-
Atlasning tepkisi qancha koʻp boʻlsa, abr bezakdan olinadigan taassurot shunchalik zoʻr boʻladi. Gazetadan
tepki soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ot tepkisini ot koʻtaradi
Tepki yemoq
-
Mamarayim, egasidan tepki yegan itday, orqaga chekindi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
[Yoʻlchi:] Chiday olmadim, mulla aka Men ham odam farzandi, tokaygacha tepki yeyman. Oybek, Tanlangan asarlar
Sakkiz tepki atlas
-
Yana yurib ketadi sakkiz tepki gul atlas, Chiviq beqasamlarning olagʻovur bozori. Gʻ, Gʻulom
Tepki mashina
-
Oyim tepki mashinada Donoga koʻylak tikib oʻtirgan ekan. X. Toʻxtaboyev, Sariq devni minib
1. 1 Asosan, bolalarda uchraydigan, quloq oldi bezining yalligʻlanishidan iborat oʻtkir yuqumli kasallik.
-
Tepki koʻproq qish, bahor fasllarida uchraydi. I. Fozilov, Tepki
-
Tepki kasali bilan hamma yoshdagilar ham ogʻrishi kuzatiladi. Saodat
2. Ayrim kasalliklar tufayli paydo boʻladigan mayda, pufakchasimon qizil dogʻlar; toshma, gul.
-
Qizilcha kasali yuqadigan boʻlib ikkinchi kunida kishining taniga qizil tepkilar chiqadi. Z. Tohiriy, Sogʻliqni saqlash
TEPKI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЕПКИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tepki so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar