biz
bilan ulashing
1. Soʻzlovchi va uning atrofidagilar; soʻzlovchi va u koʻzda tutayotganlar.
-
Kecha stansiyadan chiqqan avtobus bugun bizni tongotarda moʻljaldagi joyga tashlab ketdi. Oʻ. Usmonov, Sirli sohil
-
Bizlar, bizlar, biz edik, Bizlar bir talay qiz edik. Bizlarni uzdilar. Bir ipga tizdilar (Garmdori). Z. Husainova, Oʻzbek xalq topishmoqlari
2. Birinchi shaxs men oʻrnida ishlatilib, kamtarlik yoki, aksincha, maqtanish, gʻururlanish, pinhona gʻurur maʼnolarini ifodalaydi.
-
— Kim talabgor? — Mana, biz talabgor.
-
— Bizga ham xat bormi? — deydi Munisxon. Guldasta
-
Asal otliqqa yoʻq, hali biz piyoda-ku! A. Qahhor, Asarlar
-
Endi bizni qiynamay, oʻzlari quysinlar! Qoʻllaridan hech sharob ichmaganmiz. Guldasta
3. Oʻrin-payt kelishigi qoʻshimchasini olib, “yurtimizda“, “elimizda“, oramiz-da kabi maʼnolarni anglatadi.
-
Surnaychining zoʻrlari bizda boʻladi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Non-nasibang bizda boʻlsa, qolarsan. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Lekin, oʻrtoqlar, bizda yalqovlar yoʻq. A. Qodiriy, Gʻirvonlik Mallavoy
BIZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БИЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
biz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar