xizmat
bilan ulashing
1. Biror ish yoki mehnat bilan shugʻullanish; biror ishni bajarish; ish, mehnat.
-
Bir kun eshon meni chaqirib: — Oʻgʻlim, — dedi, — mana endi bizga ancha xizmating singdi. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
-
Yurt, hukumat aslo bu xizmatlaringni unutmaydi. S. Ahmad, Ufq
-
— Agar mening bu xizmatim xon janobining marhamatiga loyiq koʻrilar ekan, — dedi hoji, — menga eng manzur boʻlgan mukofot oʻgʻlimning ozod qili-nishidir. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Birovga yordam koʻrsatish; xolisona qilingan ish; yordam; yaxshilik.
-
Bu xizmatingni sira unutmayman. Elga xizmat — oliy himmat. Maqol
-
Elga xizmat qilib, bolam, duo ol. Malikayi ayyor
-
To oʻlguncha, ota, qilay xizmating, Qilgan xizmatlarim — sening izzating. Malikayi ayyor
3. Biror tashkilot, muassasa yoki korxonada bajariladigan ish, vazifa; lavozim; shunday joyda ishlash.
-
Birinchi noyabrda boʻlsa kerak, Mushtum xizmatiga kirishganman. A. Qodiriy, Kichik asarlar
-
Siz, ogʻaynilar, ilgari xon yonida qandoq xizmatda boʻlgan boʻlsalaringiz, endi ham oʻsha vazifada qolaberasizlar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
U [Ahror xalfa Fuzayilxonov] shu yerdagi xizmatga kirib, keyinchalik sekin-asta birinchi sinf oʻqituvchisi boʻlib oldi. Mushtum
4. Ish, topshiriq, vazifa.
-
[Homid:] Kishining xizmatidan qochgan odam emasman. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Sizga ogʻir kelmasa, bir xizmat topshirmoqchiman, usta! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
5. Soʻroq ohangi bilan aytilib, Menda nima ishingiz bor? degan maʼnoni bildiradi.
-
— Xoʻsh, oʻrtoq Doʻsmatov, xizmat? — dedi Davlatyor. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
— Xizmat? — dedi u [Akram] yumshoq kresloning suyanchigʻiga oʻzini tashlab, Nigoraga tikildi. S. Anorboyev, Oqsoy
6. so‘zlashuv tili Armiya safida boʻlish, harbiy majburiyatni oʻtash.
-
Xizmatga chaqirilmoq.
-
[Ota-onalar] Bundan bir yoki ikki yil ilgari askarlikka uzatgan va xizmatini tugatish oldida urushga toʻgʻri kelib, hozir jang qilayotgan bolalarni esladilar. I. Rahim, Chin muhabbat
7. Armiya tarkibidagi ayrim ixtisoslashgan sohalar yoki tarmoqlar.
-
Aloqa xizmati. Tibbiyot xizmati. Razvedka xizmati.
xizmat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Xizmat qilmoq
-
Bu esa yelib-yugurib xizmat qilib yurgan Obidovning koʻngliga gʻulgʻula oldi. Gazetadan;
-
U institutda xizmat qiladi;
-
Boburnomadagi maʼlumotlar hozirgi zamon fani uchun ham xizmat qiladi. Fan va turmush
Xizmat haqi
-
Mana, Mutal polvon, hozircha oz boʻlsa ham, shuni olib turasiz, ammo xizmat haqingiz oʻz yoʻliga boʻladir. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Xizmatingizga tayyorman
-
[Shofyor yigit:] Xizmatingizga doim tayyormiz. S. Anorboyev, Oqsoy
Xizmat koʻrsatgan
-
Xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi. Xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist.
Xizmat koʻrsatmoq
-
Madaniy xizmat koʻrsatmoq.
Xizmatda (yoki xizmatingizda) boʻlaylik
-
Mulla Gʻulom, bugun xizmatda boʻlaylik, qoʻl boʻshadi deguncha toʻgʻri kelaverasiz. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
XIZMAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХИЗМАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xizmat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar