xulq
bilan ulashing
1. Kishining muomala va ruhiy xususiyatlari majmui; feʼl, xarakter.
-
Xulqi sovuq odam.
-
Yaxshi xulq — kishining husni. Maqol
-
Saodatxon bularning xulqi haqida oʻylab, chuqur xayolga choʻmgan edi. S. Zunnunova, Olov
-
Qahramonlarning soʻz ifodalari ularning saviyalariga va xulqlariga muvofiq tanlangan. T. Jalolov, Xamsa talqinlari
2. Kishiga odat boʻlib qolgan, takrorlanib turadigan xatti-harakat; odat, qiliq.
-
Qodir ancha yumshargan edi. Nabigul yaramas xulqlari bor ekanini boʻyniga olish bilan Qodirni yana ham yumshatdi. A. Qahhor, Qanotsiz chittak
-
Uning raqslarida qush yengilligi, Shabada shoʻxligi, gulning nozi bor. Uning odobida, uning xulqida Insoniy kamolot mavjud, barqaror. Uygʻun
XULQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХУЛҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xulq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar