xun
bilan ulashing
1. aynan Qon.
-
Ming jafo birlan ezib qalbimni, toʻkdilar xunim. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Daryo boʻlib oqdi daryoda xunlar, Doʻzax olovida bamisli dunyo. E. Vohidov
-
— Har kim shahid — oʻz xuniga boʻyalar, El-u xalqqa ozor berma, Avazjon, — dedi Qulmaloyik bobo. Zulfizar bilan Avazxon
2. Urugʻdoshlik tuzumi davrida vujudga kelgan odat; oʻldirilgan shaxs uchun olinadigan qonli oʻch.
-
Qoʻyvor, deyapman senga Bari bir ukamning xunini olaman Qoʻyvor, qayoqqa sudrayapsan! Yoshlik
-
Ulikni tobutga solayotganda, xizmatkorlardan bittasi: — Bu odamxoʻrlarni qoziga berib, bechora goʻdakning xunini olish kerak, — dedi. Oydin, Hazil emish
3. Umuman, oʻldirilgan kimsa, yoʻqotilgan yoki tortib olingan narsa uchun toʻlanadigan haq; tovon.
-
— Tom tagida qolib oʻlsak, san bilan maning xunimni ulardan kim daʼvo qiladi?— qaygʻuli tovush bilan dedi Oʻroz. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Oʻlgan sigir qoziniki boʻlsa, nima qilish kerak? — Suzgan sigir egasidan xunini toʻlatib olish kerak, — dedi afandi. Latifalar
xun soʻzi qatnashgan jumlalar:
Jigari (yoki bagʻri, yuragi) xun boʻlmoq
-
— Onamga bildirmanglar, — dedi ayol bagʻri xun boʻlib. A. Nurmurodov, Urush bevalari
-
Yolgʻiz seni, men yolgʻiz kutdim, Kuta berib xun boʻldi jigar. R. Parfi
-
[Abdulaziz] Shu vaqt ichida qancha foydadan qolganini ham taxminan hisoblab koʻrib, yuragi xun boʻlib ketdi. S. Anorboyev, Oqsoy
Xun boʻlmoq
-
Yigʻlayverib, xun boʻlib ketdim, deb yozgan edi Mastura. Sh. Xolmirzayev, Bodom qishda gulladi
Xun yigʻlamoq
-
[Qoʻngʻiz bola] Ariqdan oʻtolmay, yigʻlamoqda xun, Koʻz yoshi yuzini yuvibdi butun. S. Abduqahhor
Xun dovlamoq
-
Xun dovlayman, nima javob berasan, Bolalarim nobud boʻlgan — bilasan. Alpomish
Otasining xunini soʻramoq
Xunini toʻlamoq
-
Agar qoʻlga kelsa Boysunning xoni, Oʻldirsam, toʻlanar oʻgʻlimning xuni. Alpomish
-
Hazratning nomlariga dogʻ tushmasin uchun shariat amriga muvofiq sizga xun toʻlanadi. M. Joʻraboyev, M. B. martabasi
XUN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХУН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xun so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar