xunuk
bilan ulashing
1. Koʻrinishi yoqimsiz; koʻrimsiz, chiroyli emas.
-
Fransuzlar dunyoda xunuk ayollar yoʻq, faqat oʻziga oro bermagan, parvarishsiz ayollargina bor, deb hisoblashadi. Saodat
-
Voy-vuy, qishlogʻimiz shunaqa xarob, shunaqa xunukmi! A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. koʻchma Yoqimsiz; noxush, jirkanch.
-
Xunuk voqea.
-
Har qalay, kecha xunuk ish boʻldi. S. Ahmad, Ufq
-
Bechora xotinning insonlik qadr-u qiymatini yerga uradigan nihoyat-da xunuk yoʻl bu. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. koʻchma Qoʻrqinchli.
-
Uning [Anvarning] koʻzlari qorongʻida charaqlar, vajohati xunuk edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
4. koʻchma Quloqqa yoqmaydigan, yoqimsiz eshitiladigan.
-
Xunuk tovush.
-
Tuni bilan boʻlgan gʻazabli boʻkirishlar, xunuk alahlashlar, yirtqichday uvlab yigʻlashlar tindi. A. Muxtor, Opa-singillar
-
Jimjit qabriston tepasidagi chinorda boyqush xunuk sayradi. S. Ahmad, Ufq
xunuk soʻzi qatnashgan jumlalar:
Xunuk koʻrinmoq
-
Voy, ilm uvol emasmi, nega indamaysiz? Hozirgi zamonda sichqon tutaman degan mushuk hamma odamning koʻziga xunuk koʻrinadi-ya! A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
XUNUK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХУНУК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
XUNUK so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingXUNUK so‘zining antonimlari
Antonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan XUNUK so‘ziga berilgan ma’nolar
xunuk so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
xunuk so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing