uncha-muncha
bilan ulashing
1. Ozroq miqdorda; bir oz, sal-pal.
-
Qizi tushmagurning tili uncha-muncha allaga ham kelib qoldi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Qarasa boʻlmaydigan, uchastka qurish vaqtida uncha-muncha chiqimdor boʻlib qolibdi. Mushtum
-
Xoliqova uncha-muncha yuridik maʼlumotga ega. M. Ibrohimov, Yoʻlakdagi muhabbat
-
Oʻzi ham uncha-muncha narsa yigʻib qoʻygan. S. Nurov, Narvon
2. Oʻrta darajadagi; oddiy, joʻn.
-
Siz uncha-muncha odamning ishini oydinda oyogʻingiz bilan qilib qoʻyasiz. P. Qodirov, Uch ildiz
-
[Oʻtbosar:] Uncha-muncha mashinachilarni nazarimga ilmay, bir kun shaharning eng mashhur tikuvchilaridan biriga bordim. Gʻayratiy, Epchil kuyov
UNCHA-MUNCHA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УНЧА-МУНЧА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
uncha-muncha so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar