unut
bilan ulashing
1. Xotiradan, esdan chiqarmoq; eslayolmay, bilmay qolmoq.
-
Birovning ismini unutmoq.
-
Azimov hamma narsani unutib, butun borligʻi bilan shaxmat taxtasi ustiga engashib oldi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Axir oradan 30 yildan ortiq vaqt oʻtdi. Unutgan boʻlishi mumkin. S. Ahmad, Saylanma
2. Esiga kelmaslik, yodidan chiqarmoq; eslamaslik.
-
Oshga tuz solishni unutmoq.
-
Zarifboy qimmatbaho telpagini ham unutib, otning boshini choʻrt burdi. S. Siyoyev, Avaz
-
[Yoʻlchi] Mehnat uchun haq olishni ham unutib, Yormatning orqasidan ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Maʼlum muddat xayolidan chiqarmoq, oʻylamay qoʻymoq.
-
Elmurod dalada oʻzini erkin sezar, gʻam-hasratni unutar, yuragi siqilmas edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Menga qolsa, u xumpar Margʻilonda xotini borligini unutib yuborgan, deb oʻylayman. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
unut soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oʻzini unutmoq
-
birda muruvvatpesha, birda johillikdan oʻzini unutadigan Muhammad Rahimxon [Avazning] ham shafqatini uygʻotar, ham nafratiga turtki berardi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
UNUT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УНУТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
unut so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar