unvon
bilan ulashing
1. eskirgan Maktub ustiga yozilgan nom, qayerga, kimga joʻnatilganlik haqidagi yozuv.
-
Kumush xatni xotinning qoʻlidan olib, rahmat aytdi va xatning unvoniga koʻz tashladi: Margʻilon shahrida sokin Mirzakarim qutidor hovlisiga. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Biror ish-faoliyat sohasidagi alohida xizmatni yoki mutaxassislik darajasini rasman eʼtirof etadigan, vakolatli organlar tomonidan belgilanadigan va beriladigan nom.
-
Professorlik unvoni. Xalq artisti unvoni.
-
Ertasiga kelib, uni leytenant unvoni va vzvod komandiri vazifasi bilan tabrikladi. Shuhrat, Shinelli yillar
3. eskirgan Meros boʻlib keladigan yoki ish-vazifa darajasini koʻrsatuvchi, shuningdek, inʼom qilingan hurmatli, faxriy nom.
-
Knyazlik unvoni.
-
Qorilik unvonini olish uchun men ham bel bogʻlagan edim. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
-
Buxoroga kelib, Zulfiqor bilan Zavrakka usta degan u neon berildi. Endi ular mustaqil ish qilishlari mumkin edi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Podshoh oilasi Qosimbekka alohida ehtirom bildirganda, uning nomiga amirlar amiridegan unvon qoʻshib aytar edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
UNVON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УНВОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
unvon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar