uq
bilan ulashing
1. Mazmunini oʻzlashtirmoq, bilib yetmoq; anglamoq, tushunmoq.
-
Gapni gapir uqqanga, jonni jonga suqqanga. Maqol
-
Qassob boshini tez-tez irgʻab, uqib olganini ishora qildi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
[Qoidalarni] Rosa oʻqib, yodlab ol, Uqib, dilga joylab ol. Q. Muhammadiy
2. Payqab olmoq, his qilmoq, sezmoq.
-
Olimov boshqa bolalarning ham hayrat bilan boqqan koʻzlarida shunday savolni uqqan edi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Qiz-juvonlarning koʻzlaridan faqat qishloq odamlariga xos soddalik va teranlikni uqish mumkin. E. Usmonov, Yolqin
UQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
uq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar