uqala
bilan ulashing
1. Badanni yoki uning biror qismini bosib silamoq, ezgʻilamoq, ishqalamoq.
-
Anorxon kechasi bilan kampirning boshlarini uqalab, xoʻrozlarning tovushlarini tinglab chiqdi. I. Rahim, Ixlos
-
Afgʻon choyfurush qornini toʻygʻazib boʻlib, darrov oyoqlarini choʻzdi, tizzalarini uqalab, gapga tushdi. A. Muxtor, Opa-singillar
-
Said koʻzini yirtib, qovoqlarini uqalab, uyqusini qochirdi. Y. Muqimov, Olov va nihollar
2. Ishqab koʻchirmoq.
-
Tergovchi oʻylanib qoldi va zoʻr berib peshonasining kirini uqalar edi. A. Qahhor, Sarob
-
Ashur kiyimlariga yopishib qurib qolgan loyni uqalab tushiryapti. P. Qodirov, Uch ildiz
3. Ishqab, donalarni soʻta, poʻst va shu kabilardan koʻchirib tushirmoq, ajratmoq, tozalamoq.
-
Kungaboqarni uqalamoq.
-
Joʻxorini amakimning oʻgʻli uchdan birga qayirib, uqalab, keltirib berdi. Gʻ. Gʻulom, Tirilgan murda
-
Qozi piyolani oldiga qoʻydi-da, soʻyilgan anordan katta bir boʻlagini olib, yirik qizil donalarini kaftiga uqalay boshladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
UQALA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УҚАЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
uqala so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar