sil
bilan ulashing
1. Turli aʼzolar, asosan, oʻpkada oʻziga xos yalligʻlanish bilan kechadigan surunkali yuqumli kasal-lik; tuberkulyoz.
-
Oʻpka sili. Suyak sili. Sil shifoxonasi.
-
Tamaki tutuni tarkibidagi zaharli moddalar turli xil oʻpka xastaliklari — bronxit, sil, rak kasalliklariga olib kelishi mumkin. Gazetadan
-
Sut oʻpka yarasi va silga qarshi ishlatiladigan xalq dori-darmonidir. K. Mahmudov, Oʻzbek tansiq taomlari
2. Shu kasal bilan ogʻrigan bemor.
-
Sillarni davolamoq. Sillarni izolyatsiya qilmoq.
sil soʻzi qatnashgan jumlalar:
Sil boʻlmoq
-
[Fotima oʻz-oʻziga:] Hech bir kishi bilan soʻzlashmasdan, sil boʻlishga yaqin keldim. Hamza, Tuhmatchilar jazosi
Sil kasali (yoki kasalligi)
Sil qilmoq
-
Sil qilib yubormoq.
-
Poshshaxoning jahliga teggan yana bir narsa — Sultonxonning beparvoligi! Shu beparvolik, shu oʻynab-kulib yurishlar Poshshaxonni sil qiladi, sil! Choʻlpon, Kecha va kunduz
-
Yuragimda qabohat armon boʻldi, Buning zahmatlari meni sil qildi. Bahrom va Gulandom
SIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sil so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar