sila
bilan ulashing
1. Ustidan kaft yurgizmoq, siypamoq.
-
Dargʻa oppoq soqolin silab, Qarab qoldi boʻlib parishon. E. Rahim
-
Inobat, xuddi boʻgʻilib ketayotganday, roʻmolini yechib, tomogʻini siladi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
2. Ustidan qoʻlini astagina yurgizib, siypab erkalatmoq.
-
Gʻulomjon otxonaga kirib, toʻkilgan bedalarni oxurga terib soldi, qorongʻida ham samanining peshonasini silab, suyib qoʻydi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. koʻchma Mayin, ohista tegmoq (shamol, yel, shabada haqida).
-
Ariqlar boʻyida maysalar shivirlashardi, shabada qirmizi yuzlarni silab, qoʻshiq kuylardi. Gazetadan
-
Mayin esayotgan shamol daraxtlar soyasida yugurib borayotgan Saodatning yuzini, sochlarini silab oʻtadi. N. Safarov, Saodatning qissasi
sila soʻzi qatnashgan jumlalar:
Boshini (yoki peshonasini) silamoq
-
Nodira onasi oʻrnida Anvarning boshini siladi, yuvib-taradi va Anvarning istiqboli uchun qaygʻurdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Non (yoki paxta) silamoq
SILA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СИЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sila so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar