silab-siypab
bilan ulashing
1. ravish
-
Bir hayoli uning yoniga borgisi, tizza-si ustida turgan qoʻlini silab-siypab, kechirim soʻragisi keldi. Yoshlik
-
Oshpaz qadrdonining qoqsuyak yelkalarini silab-siypab koʻrishar ekan: — Ranjitganim uchun kechir, bu gal mandan oʻtdi, oʻrtoq, — dedi ovozi qaltirabroq. Yoshlik
2. Silliqlab, pardoz-andoz qilib, u yoq-bu yogʻini toʻgʻrilab.
-
— Kiyimlarimni kiyib, oʻzimni silab-siypab binoyiday boʻlib, bozor tomon joʻnadim, — dedi Shum bola. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
3. koʻchma Yengil, ohista tegib, ufurib.
-
Yengilgina shoʻx yellar, Qanot silkib uchadi. Silab-siypab yuzlarimni, Boʻsharimdan quchadi. T. Toʻla.
4. Silab va siypab, erkalatib, ardoqlab.
-
Bolani silab-siypab erkalatmoq.
5. Aldab-suldab, yoʻlini qilib.
-
Material yoʻq. Hatto muhtaram sayyoh uchun ham material topolmay, juma kuni keling, deb silab-siypab joʻnatganimni koʻrdingiz-ku! B. Rahmonov, Yurak sirlari
SILAB-SIYPAB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СИЛАБ-СИЙПАБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
silab-siypab so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar