tax
bilan ulashing
1. Dazmol urilgan yoki taxlangan narsaning tekis qayrilgan, bukilgan joyi, chizigʻi.
-
Doʻppining taxi. Taxini yozmoq. Dazmol urib, taxini tekislamoq. Dazmollab, shimga tax solmoq. Taxtakachlab, doʻppining taxini chiqarmoq.
-
Kelin choy quya turib, koʻzi taxi ochilmagan doʻppiga tushdi. sevinch bilan uni qoʻliga oldi, minnatdorchilik bildirdi. Oydin, Mardlik — mangulik.
-
Dilshod xat taxini ochdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. Terib, taxlab qoʻyilgan narsa yoki uning har bir taxlami.
-
Bir tax pul.
tax soʻzi qatnashgan jumlalar:
Taxiga solmoq
-
[Kumush] Koʻz yoshini duv-duv toʻkib, xatni oʻz taxiga soldi va oʻzidan javob kutib turgan achasi bilan onasiga dedi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Tax urmoq
-
Doʻppiga tax urmoq. Oʻrin-koʻrpalarni sandiq ustiga tax urmoq.
Taxi buzilmagan
-
Kimsan taxi buzilmagan katta kostyumining yengini osiltirib, koʻchada yolgʻiz turar ekan, oʻziga-oʻzi kulgili koʻrinib ketdi. A. Muxtor, Tugʻilish
-
Ona taxi buzilmagan koʻrpachalarni tashlab, ayvonga joy qildi. N. Yoqubov, Havas
-
Taxi buzilmagan pul.
-
Keng paxtazor maydonida paxta chunonam boʻlibdiki, qancha terilsa ham, taxi buzilmaganday. H. Nazir, Olmos
-
Uyga berilgan topshiriqlar taxi buzilmasdan turgan edi. H. Nazir, Yonar daryo
TAX so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАХ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tax so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar