tot
bilan ulashing
1. Bir oz yeb, ichib, mazasini koʻrmoq.
-
[Nabigul Qodirga:] Musallas suzgandan keyin, qandoq qilib sabring chidaydi, totib ham koʻrasan-da. A. Qahhor, Qanotsiz chittak
2. Umuman, yemoq, ichmoq.
-
Mehnat qilib topganing — qand-u asal totganing. Maqol
-
[Gulnor] Ertalabki choydan buyon uyda ikki marta ovqat tayyorlangan boʻlsa ham, hech nima totmagan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. koʻchma Boshdan kechirib, lazzatini, taʼmini koʻrmoq, sinamoq.
-
Achchiq bilan chuchukni totgan bilur, Uzoq bilan yaqinni yurgan bilur. Maqol
-
Bu yerdagilarning koʻpi Sobir Umarov qilichining tigʻini totib koʻrgan. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Qullik azobini totgan-u, ammo U shamol boʻlganin unutolmagan. X. Davron, Qaqnus
tot soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tuz totmaslik
-
Hotam nonushtadan beri hali tuz totgani yoʻq. M. Hazratqulov, Jurʼat
-
Uf itdek charchadim. Kechadan beri tuz totga-nim yoʻq. N. Safarov, Hayot maktabi
-
Kunduzlari katta uyga kirib olib, koʻkragini zaxga berib yotar, kechgacha tuz totmay oʻy surar, lekin oʻyining tagiga yetolmas edi. K. Yashin, Hamza
TOT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТОТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tot so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar